Savollar va javoblar
Tez-tez beriladigan savollarning javoblari quyida. Topa olmasangiz — bizga yozing!
Balli Bolajon — 1–4 sinf o'quvchilari uchun gamified ta'lim platformasi. Telegram bot orqali ishlaydi. Har kuni 5–7 daqiqalik savollar to'plami orqali bilim olish va musobaqa qilish imkonini beradi.
Yo'q, butunlay bepul. Hech qanday yashirin to'lov, oylik abonement yoki "premium" xususiyatlar yo'q. Barcha imkoniyatlar barchaga ochiq.
Hozircha 1–4 sinflar (taxminan 6–11 yosh) uchun. Kelajakda yuqori sinflar uchun ham qo'shamiz.
Yo'q, hech qanday reklama yo'q. Bu bolalar platformasi — biz reklamasiz va xavfsiz muhitni ta'minlaymiz.
Ha, biz GDPR va O'zbekiston bolalar himoyasi qonuni talablariga rioya qilamiz. Hech qanday ma'lumot uchinchi tomonga uzatilmaydi. Faqat ism, sinf va viloyat saqlanadi.
Telegram da @BalliBolajonBot ni toping va
/start tugmasini bosing. Keyingi qadamlar avtomatik ko'rsatiladi.
Sertifikatlar PDF formatda avtomatik yaratiladi va bola ismini, sinfini, ballini va yutuq sanasini o'z ichiga oladi. Ota-onaga yuborish va chop etish mumkin. Ular rasmiy diplom emas, lekin bola uchun katta motivatsiya.
Streak — bu ketma-ket kunlar soni. Har kuni vazifa bajarsangiz, sizning seriyangiz oshib boradi. 7 kun = +10 ball, 14 kun = +25 ball, 30 kun = +50 ball bonus oladi.
Streak nolga tushadi va qaytadan boshlanadi. Lekin to'plagan ballaringiz va darajangiz saqlanib qoladi. Faqat seriya boshqatdan boshlanadi.
Har bir bola o'zining Telegram akkauntidan foydalansin. Agar bitta telefondan foydalansa — har bir bola alohida login qilishi kerak.
Hozircha o'quvchilarga uy vazifalari berish va ularning natijalarini kuzatish funksiyasi rivojlantirilmoqda. Tez orada ishga tushadi.
Aloqa formasi orqali yoki to'g'ridan-to'g'ri admin@ballibolajon.uz ga yozing.
Javobingizni topa olmadingizmi?
📧 Bizga yozing